Britaniyaliklar bir martalik niqobdan bir haftagacha foydalanishi aniqlandi
Olam
−
14 noyabr 2020
4779Har uchinchi britaniyalik bir martalik tibbiy niqobdan qayta-qayta foydalanadi. Bu haqda "The Daily Mail" Breath Happy kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslanib xabar bergan.
So‘rovnomada qatnashganlarning 32 foizi bitta tibbiy niqobdan bir hafta yoki undan ham ko‘proq vaqt mobaynida foydalanishini tan olgan.
Mutaxassislarning ko‘rsatmalariga binoan esa, bir martalik niqoblardan foydalangandan so‘ng ularni darhol tashlash kerak. Aks holda, ular virusdan himoya qilmaydi, balki uni tarqalishiga yordam beradi.
Millionlab Britaniya fuqarolari esa hanuzgacha xavfsizlik qoidalarini e’tiborsiz qoldirishmoqda.
Qayd etilishicha, so‘rovnoma 2 ming kishini qamrab olgan.
So‘rovnomaga ko‘ra, Angliyaning sharqida - Norfolk, Suffolk, Kembs, Bedfordshir, Esseks va Xerts grafliklarida niqoblarni ko‘p marotaba ishlatishadi, ya’ni, ko‘rsatkich 76 foizni tashkil qilgan.
Qonunbuzarlar orasida ko‘proq ayollar bo‘lgan. Britaniyalik ayollarning 38 foizi yuqoridagidek yo‘l tutishsa, britaniyalik erkaklarning 27 foizi bir martalik niqoblarni ko‘p marotaba ishlatishi ma’lum bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar 1,32 milliondan oshgan. 51 ming 304 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi