“Britaniyalik” koronavirus Osiyoning yana ikki mamlakatida aniqlandi

Olam

image

Ilk bor Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi turi Iordaniya va Janubiy Koreyada ham qayd etildi. ikki mamlakat Hukumatlari yangi shtammni birinchi yuqtirgan birinchi bemor paydo bo‘lganini e’lon qilgan, ularning barchasi avvalroq Britaniyada safarda bo‘lib qaytgan.

Virusning yangi turi bir oila a’zolaridan uch kishida tasdiqlan, deb xabar berdi Koreya kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi. Ular o‘tgan hafta Buyuk Britaniyadan qaytib kelgan.

Iordaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Nazir Obidatning “Petra” agentligiga ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusning yangi shtammi bo‘yicha ikkita holat aniqlangan. 19 dekabr kuni Britaniyadan kelgan er va xotin yangi shtamm bilan kasallangani ma’lum bo‘lgan.

Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlanganidan so‘ng, 20 dan ortiq davlat ushbu mamlakat bilan transport aloqalarini to‘xtatdi. Yo‘lovchi tashishni taqiqlash qaysidir davlatda yil oxirigacha, qayerdadir yanvar oxirigacha amal qiladi. Buyuk Britaniyaning o‘zida karantin cheklovlari maksimal darajaga ko‘tarildi


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

281

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing