Britaniyaga Rossiya va Erondan tahdidlar kuchayib boryapti – MI5 rahbari 

Olam

image

Buyuk Britaniyaga Rossiya va Eron tomonidan tahdidlar kuchaymoqda. Bu haqda Britaniya kontrrazvedka xizmati MI5 rahbari Ken MakKallum ma’lum qildi

Uning aytishicha, Rossiya razvedka xizmatlari Londonning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi munosabati bilan Buyuk Britaniyadagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinmoqda. MakKallumning ta’kidlashicha, Rossiya Harbiy razvedka Bosh boshqarmasi agentlari “o‘t qo‘yish, qo‘poruvchilik va boshqalar” orqali “Britaniya va Yevropa ko‘chalarida tartibsizlik yaratish bo‘yicha doimiy missiya”da.

“Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri 750 nafar rossiyalik diplomat Yevropadan deportatsiya qilingan, ularning aksariyati josuslardir”, deydi Britaniya kontrrazvedkasi rahbari.

MakKallum Eronning beqarorlashtiruvchi faoliyati haqida gapirar ekan, 2022 yildan buyon, ya’ni Mahsa Amini vafotidan buyon kontrrazvedka xizmati Eron ko‘magida uyushtirilgan 20 ta fitnani fosh etishga muvaffaq bo‘lganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, 2017 yildan beri Buyuk Britaniyada rejalashtirishning ilg‘or bosqichida bo‘lgan 43 ta hujumning oldi olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, fitnachilarning ba’zilari o‘qotar qurol va portlovchi moddalar olishga uringan.

"Bu yerdagi faoliyatimning dastlabki 20 yili terrorchilik tahdidlari bilan to‘ldirildi. Endi ular davlat buyurtmasi bo‘yicha qotillik va sabotaj bilan to‘ldirildi. Hukumat tahdidlari bilan bog‘liq tergovlar soni 48 foizga oshdi”, deydi MI5 rahbari.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Byorns va MI6 rahbari Richard Mur Rossiya va Xitoy G‘arb uchun xavf tug‘dirayotganini aytgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron Buyuk Britaniya MI5 Ken MakKallum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing