Britaniyadagi inflyatsiya 40 yillik eng yuqori darajaga yetdi

Olam

image

Buyuk Britaniyada iyun oyida inflyatsiya yillik ko‘rsatkichda 9,4% gacha o‘sdi, bu so‘nggi 40 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Buyuk Britaniya Milliy statistika boshqarmasining bugun, 20 iyul kuni e’lon qilingan hisoboti shundan dalolat beradi. 

May oyida mamlakatda iste’mol narxlari indeksi o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 9,1 foizga oshdi. Narxlarning oshishiga turtki bo‘lgan asosiy omillardan biri Ukrainadagi mojaro va Rossiyaga qarshi sanksiyalar sabab bo‘lgan Yevropada kuchayib borayotgan energetika inqirozi fonida elektr energiyasi va yoqilg‘i narxining keskin oshishi bo‘ldi. 

O‘tgan yilga nisbatan qirollikda benzin narxi 40 foizdan ko‘proqqa, elektr to‘lovi hajmi esa 54 foizga oshgan, oxirgi ko‘rsatkich yanvargacha yana 60 foizga oshishi kutilmoqda. Yil davomida qirollikdagi sanoat korxonalarining xom ashyo va energiyaga narxi 24 foizga oshdi – bu 1985 yilda tegishli statistik ma’lumotlar boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. 

Angliya bankining so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, kuzda mamlakatda inflyatsiya darajasi 11 foizdan oshishi mumkin. Mart oyida Londonda joylashgan Iqtisodiyot va biznes tadqiqotlari markazi Buyuk Britaniya 1950-yillardan beri turmush darajasining eng katta pasayishiga duchor bo‘lish xavfi borligi haqida ogohlantiruvchi hisobot e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida AQSHda iste’mol narxlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,1 foizga o‘sdi, bu 1981 yil noyabridan beri eng katta o‘sishdir. Energiya narxlari indeksi o‘tgan yil davomida 41,6 foizga o‘sgan, bu 1980 yil aprel oyidan buyon bir yil ichidagi eng katta o‘sishdir. May oyida iste’mol narxlarining yillik o‘sish sur’ati 8,6 foizni, aprel oyida esa 8,3 foizni tashkil etgan edi. Iyun oyining o‘rtalarida Federal zaxira tizimi (FZT) inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun so‘nggi o‘n yilliklarda birinchi marta bazaviy foiz stavkasini birdaniga 75 bazaviy punktga, ya’ni 1,5-1,75 foizgacha oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya inflyatsiya

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing