Britaniyada Tramp sharafiga ziyofat bo‘lib o‘tdi
Olam
−
18 Sentabr 5773 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Trampning Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi doirasidagi birinchi to‘liq kuni Uindzor qal’asida Qirol Charlz III tomonidan uyushtirilgan tantanali ziyofat bilan yakunlandi. Bu haqda “The New York Post” xabar berdi.
Tramp "Marine One" vertolyotida dunyoning eng qadimiy va eng katta turarjoy qal’asi – Vindzorga qasriga yetib keldi. U Buyuk Britaniyaga ikkinchi bor davlat tashrifi bilan bormoqda. Birinchi tashrif 2019 yilda bo‘lib o‘tgan va u paytda uni qirolicha Yelizaveta II qabul qilgan edi. Bu safar Tramp Charlz III va Qirolicha Kamilla bilan uchrashdi, ikkinchi kunda esa Britaniya hukumati a’zolari bilan muzokaralar rejalashtirilgan.
Tramp Vindzor saroyini “mutlaqo o‘ziga xos joy” deb atadi va Charlz III’ni “ko‘p yillik do‘sti” sifatida ta’rifladi. U va rafiqasi Vindzorda Qirol va qirolicha tomonidan tantanali marosimda kutib olindi. 1300 nafar armiya, flot va havo kuchlari xizmatchilari Prezidentni sharaflab saf tortdi. Keyinchalik Tramp va Melaniya Yelizaveta II dafn etilgan Avliyo Georgiy cherkoviga tashrif buyurib, gulchambar qo‘ydi.
Kunning ikkinchi yarmida Uindzor osmonida F-35 qiruvchi samolyotlari va Qirollik havo kuchlarining “Qizil o‘qlar” guruhining parvozi bo‘lib o‘tdi. Tramp bu manzarani Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan birga kuzatdi.
Asosiy voqea esa kechqurun Sent-Jorj zalida o‘tkazilgan tantanali ziyofat bo‘ldi. Qirol Charlz III nutqida Buyuk Britaniya va AQSH o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni eslatar ekan, hozirgi kunda Yevropaga yana tiraniya tahdid solayotganini ta’kidladi.
“Bugun biz va ittifoqchilarimiz Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, tajovuzni jilovlash va tinchlikka erishish uchun birgamiz”, dedi Charlz III.
Zalda yig‘ilgan 160 mehmon AQSH madhiyasini tik turib tingladi. Tramp esa frak va oq galstuk-babochkada nutq so‘zlab, Britaniya madaniyati va sivilizatsiyasining yutuqlarini tilga oldi. U hozirgi siyosiy voqealarga deyarli to‘xtalmadi, faqat “o‘tgan yili AQSH juda og‘ir ahvolda edi” deb eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III va boshqa britaniyalik qirollik oila a’zolari kecha, 17 sentyabr kuni Donald Trampni kutib olgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi