Britaniyada rossiyalik oligarxlarning mulki musodara qilinadi 

Olam

image

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass Londondagi rossiyalik oligarxlarning mulkini musodara qilishga ruxsat berdi. Ukraina atrofidagi vaziyat munosabati bilan sanksiyalarni kengaytirish haqidagi qonun loyihasi shu hafta taqdim etiladi.  

Trass “Kremlni qiziqtirgan har qanday kompaniya”ga qarshi cheklov choralarini ko‘rish rejalarini e’lon qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Putinga yaqin” biznes elita va “Rossiya rejimi manfaatlarini ilgari suruvchi” korxonalar sanksiyalardan “yashirina olmaydi”. 

Rossiyalik oligarxlarning Londondagi mulki musodara qilinishi mumkinmi, degan savolga Trass “barcha takliflar ko‘rib chiqilmoqda”, deb javob bergan. Cheklovlar ostiga kim va qanday tushishi aniqlanmagan. 

“Eng muhimi, erkinlik va demokratiya tamoyillarini himoya qilishdir. Bu joriy moliyaviy masalalardan ko‘ra muhimroqdir”, deya izoh bergan Britaniya Tashqi ishlar vaziri. 

OAV xabarlariga ko‘ra, qonun loyihasi bugun, 31 yanvar kuni taqdim etilishi kerak. 

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Londonda korrupsiyaga aloqador yoki Kreml bilan aloqasi borligi aytilayotgan rossiyaliklar taxminan 1,5 milliard funt sterling (2 milliard dollar)lik mulk sotib olgan.

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda ham “Putin va Kremlga yaqin bo‘lgan”milliarderlarga sanksiya qo‘yish bo‘yicha qonun ishlab chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Britaniya

Baholaganlar

704

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing