Britaniyada qamoqxonalar to‘lgani sababli mingdan ortiq mahbus ozod qilinadi

Olam

image

Buyuk Britaniyada yaqin kunlarda to‘lib qolgan qamoqxonalar muammosiga qarshi hukumat chorasi doirasida 1,1 ming mahbus ozod qilinadi. Bu haqda  ITV News telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, ular jazo muddatining qisqartirilishi sabab muddatidan oldin ozod qilinadiganlarning ikkinchi guruhi bo‘lib, ko‘pchilik mahkumlar o‘z jazolarining 50 foizini ham emas, balki 40 foizini o‘tamoqda. Birinchi guruh sentyabr oyi o‘rtalarida ozod qilingan. O‘shanda 1,7 ming mahbus muddatidan oldin jazodan qutulib qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi guruh 22 oktyabr kuni ozod qilinadi.

Joriy yilning iyul oyi boshida Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer mamlakatda mahbuslar soni juda ko‘pligini va qamoqxonalar soni yetarli emasligini ta’kidlagan. O‘sha vaqtda mamlakatda mahbuslar soni taxminan 87 ming kishini tashkil qilgan va mamlakat Adliya vazirligi bu raqam 2025 yil oxiriga borib 99,3 ming kishiga yetishini prognoz qilgan. Shu bilan birga, loyihalashtirilgan sig‘im sezilarli darajada ortda qolib, mahkumlar uchun atigi 4,4 ming yangi o‘rin yaratish rejalashtirilgan.

Shu oyning o‘zida Britaniya Adliya vaziri Shabana Mahmud hukumatning jazo muddatini 40 foizgacha qisqartirish qarorini e’lon qilgan. Bu muddat o‘tgach, mahbuslar muddatidan oldin ozod qilinishi mumkin. Muddatidan oldin ozod qilish sxemasi ba’zi mahbuslarga, jumladan, jinsiy va oilaviy zo‘ravonlik yoki terrorizm uchun hukm qilinganlarga taalluqli emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining qamoqxonalar boshqarmasi bosh direktori Muhammad Yusuf Mastri Afg‘oniston qamoqxonalarida 12 mingga yaqin erkak va kamida 1 ming ayol ushbu mamlakat sudlari tomonidan aybdor deb topilib, jazo muddatini o‘tayotganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya qamoqxona mahbus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing