Britaniyada ikki mahalliy aholi Rossiya razvedkasi uchun ishlaganlikda ayblanmoqda

Olam

image

Buyuk Britaniyada ikki mahalliy aholi London sharqida Ukrainadan kelgan tadbirkorlar shirkatlariga tegishli bo‘lgan omborni o‘t qo‘yish bo‘yicha tergov doirasida Rossiya razvedkasi uchun ishlaganlikda ayblandi. Bu haqda “BBC News” va “Sky News” telekanallari ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tergov ishida jami besh kishiga nisbatan ayblov e’lon qilingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t qo‘yish tashkilotchisi 20 yoshli Dilan Erl Rossiya davlatiga yordam ko‘rsatish maqsadida Ukraina bilan bog‘liq korxonalarga qarshi qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullangan.

U milliy xavfsizlik qonunchiligini buzish, shuningdek, firibgarlik, razvedka qilish va xorijiy razvedkaga yordam berish uchun yollashga urinishda ayblangan.

Undan tashqari, 22 yoshli Jeyk Rivz milliy xavfsizlik qonunchiligini buzganlikda ayblangan. U ham o‘t qo‘yish va xorijiy razvedkadan pul olganlikda gumon qilinmoqda.

Ish bo‘yicha yana uch nafar sudlanuvchi milliy xavfsizlik qonunchiligiga aloqador bo‘lmagan jinoyatlarda ayblanmoqda.

Ulardan biri o‘t qo‘yish haqida bilganlikda, lekin bu haqda rasmiylarga xabar bermaganlikda gumonlangan. Yana ikki kishiga o‘t qo‘yish ayblovi qo‘yilgan.

BBC xabariga ko‘ra, yonib ketgan ombor ukrainalik tadbirkorlar – Mixail Prixodko (Boykov) va uning rafiqasi Yelena Boykovaga tegishli Oddisey va Meest UK kurerlik kompaniyalariga tegishli bo‘lgan. Yong‘in joriy yilning 20 mart kuni sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Ukraina Rossiya razvedkasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing