Britaniyada bemor operatsiya paytida musiqa chaldi (video)

Olam

image

Buyuk Britaniyaning Krouboro shahrida yashovchi 65 yoshli Deniz Bekon operatsiya vaqtida klarnet chaldi. Ushbu jarayonda shifokorlar uning bosh miyasiga elektr impulslari ta’sirini kuzatishlari mumkin bo‘lgan. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bekon nafaqadagi nutq va til terapevti bo‘lib, harakatning sekinlashishi va mushak qotishlari kabi simptomlar tufayli chuqur miya stimulyatsiyasi (DBS) amaliyotidan o‘tgan. Parkinson kasalligiga 2014 yilda chalingan bemorning yurish, suvda suzish, raqsga tushish va klarnet chalish qobiliyati pasaygan. To‘rt soatlik operatsiya davomida u uyqusiz bo‘lgan. Uning faqat boshi va terisining sezgirligi anesteziya yordamida yo‘qotilgan. Operatsiya miyaga elektrodlarni implantatsiya qilish orqali o‘tkazilgan. Elektrodlar joylashtirilgandan so‘ng Bekonning barmoq harakati darhol yaxshilangan va klarnetni osonlik bilan chala boshlagan. 

Neyrojarroh professor Keyomars Ashkanning aytishicha, elektrodlar joylashtirilgandan so‘ng Denizning qo‘l harakatlari darhol yaxshilangan va qo‘lida ham shu kabi natija kuzatilgan. U operatsiyaga musiqa chalish qobiliyatini sinash uchun o‘z klarnetini olib kelgan.

“Harakatlarim darhol yengillashdi va bu klarnetni chalish qobiliyatimni yaxshiladi. Yurish ham osonlashdi, suvga qaytish va raqsga tushish qobiliyatimni sinashni kutyapman”, deydi bemor. 

Bekon operatsiya uchun quvvatlanadigan impuls generatorini tanlagan. U bemorning ko‘kragiga o‘rnatiladi va 20 yilgacha ishlaydi. Qurilma miya faoliyatini nazorat qiladi va zarur bo‘lganda avtomatik ravishda stimulyatsiyani boshqaradi.

Professor Ashkan chuqur miya stimulyatsiyasi Parkinson kasalligi bilan bog‘liq harakat simptomlarini nazorat qilishda eng samarali usullardan biri ekanini aytgan va zamonaviy DBS texnologiyalari har bir bemor uchun terapiyani personallashtirish imkonini berib, hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Buyuk Britaniya Deniz Bekon klarnet DBS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing