Britaniya valiahdi ukrainalik qochqinlarni ko‘rish uchun Ruminiyaga bordi
Olam
−
26 may 2022
4260Uels shahzodasi Charlz ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatish va ularga qanday yordam berilayotganini bevosita ko‘rish uchun Ruminiyaga bordi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, shahzoda Charlz Buxarest yaqinidagi qochqinlar markaziga tashrif buyurgan. U urushni keskin qoralab, uni Ukrainaga qarshi “shafqatsiz tajovuz” deb atagan.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri bu kabi yuqori martabali qirollik vakili mintaqaga birinchi marta tashrif buyurgan. Buxarest Ukraina bilan chegaradan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri Ruminiyaga 966 ming ukrainalik qochqin kirgan.
Avvalroq, shahzoda Charlz Buyuk Britaniya hukumati dunyoda demokratiyani himoya qilishda va Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytib chiqqandi.
LiveBarchasi