Britaniya uzoq masofali lazer qurolini sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Buyuk Britaniya uzoq masofaga ta’sir qiladigan DragonFire lazer yo‘naltirilgan energiya qurolini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda  “GOV.UK” sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyaning uzoq masofaga yetib boradigan yuqori quvvatga ega ilk lazer quroli sinovi mamlakat mudofaa vazirligining Porton-Daundagi mudofaa ilmiy-texnologik laboratoriyasida amalga oshirilgan.

Avvalroq mutaxassislar jamoasi lazerning nishonni yuqori aniqlikda kuzatib borish va nurni belgilangan nuqtada ushlab turish imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazgan edi. Bu galgi sinovda DragonFire lazer qurolini turli masofadan turib, biryo‘la bir nechta nishonlarni yo‘q qilishi sinab ko‘rilgan. 

Lazer yo‘naltirilgan energiya quroli kam xarajatli hamda yuqori aniqlikda nishonni yo‘q qilish imkonini beradi. U yengil bo‘lgani uchun olib yurish oson va boshqa tizimdagi qurollardan yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi. Bunday texnologiya kelajakda harbiy amaliyotlarni amalga oshirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deyiladi xabarda.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Buyuk Britaniya DragonFire lazer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing