Britaniya Ukrainaga o‘ziyurar zenit qurollari beradi

Olam

image

Ukraina Qurolli Kuchlari (UQK) Buyuk Britaniyadan Starstreak raketalari bilan jihozlangan Stormer o‘ziyurar zenit qurollarini oladi. Uskunalar bepul yetkaziladi, degan kecha, 25 aprel, dushanba kuni Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi rahbari Ben Uolles Jamoalar palatasidagi chiqishi chog‘ida.

“Bosh vazir [Boris Jonson] e’lon qilganidek, 100 million funt sterlinglik yuqori darajadagi harbiy texnika, jumladan 120 ta zirhli texnika, kemaga qarshi raketalar va aniq zarbalar berish uchun yuqori texnologiyali o‘q-dorilar yetkazib beriladi”, degan Uolles.

Mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina so‘rayotgan narsalarga nisbatan, bu “yetarli emas”. Shuning uchun Starstreak raketalari bilan jihozlangan Stormer zenit qurilmalari bepul yuboriladi.

22 aprel kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri ukrainalik harbiylar Buyuk Britaniya va Polshada tayyorgarlikdan o‘tayotganini ma’lum qildi. Ukraina Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari Britaniya bronetransportyorlari (BTR) va zenit tizimlarini boshqarish bo‘yicha o‘qitilgan.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya Ukrainaga kamida 120 ta mashina yuborishga rozi bo‘ldi, ulardan 80 tasi Mastiff, Husky va Wolfhound rusumidagi zirhli mashinalar bo‘lib, ular front orti va frontda foydalanish uchun mo‘ljallanganshuningdek, 40 ta Samaritan, Spartan va Samson avtomobillari bor.


Maqola muallifi

Teglar

Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

299

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing