Britaniya Ukrainaga suvosti dronlarini yetkazib beradi

Olam

image

Buyuk Britaniya Ukraina Qurolli Kuchlariga qirg‘oq chizig‘ini tozalash uchun oltita mina qidiradigan dron yetazib beradi. Bu haqda Qirollik Mudofaa vazirligi saytida xabar berilgan.

“Ushbu jihozlar va treninglar Ukrainaga o‘z suvlarini himoya qilishga yordam beradi, dunyoning qolgan qismiga g‘alla oqimini yaxshilaydi va Ukraina Qurolli Kuchlarini o‘z qirg‘oqlari va portlarini himoya qilish harakatiga ko‘mak bo‘ladi”, deydi vazir Ben Uolles.

Uchta dron Britaniya armiyasi zaxiralaridan yuboriladi, yana uchtasi ishlab chiqaruvchidan sotib olinadi. Dron qirg‘oqqa yaqin 100 m gacha bo‘lgan chuqurlikda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Britaniya dengizchilari va AQSH harbiy-dengiz kuchlarining 6-floti harbiy xizmatchilari ukrainalik hamkasblarini o‘qitadi, o‘nlab kishilar o‘qitiladi. Birinchi guruh allaqachon Buyuk Britaniyada mashg‘ulotlarni boshlagan (“Sky News” ma’lumotlariga ko‘ra, gap 12 dengizchi haqida ketmoqda), har birining mashg‘ulot jarayoni uch hafta davom etadi.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Ukraina g‘allasini eksport qilish bo‘yicha erishilgan yutuqlarga qaramay, Rossiya minalari hali ham yetkazib berishga to‘sqinlik qilmoqda. Uolles hozirgi vaziyatni “Rossiyaning oziq-ovqat zaxiralarini ushlab qolishga bo‘lgan bema’ni urinishi” deb atadi va buning oldini olishga chaqirdi.

Rossiya tomoni bu ayblovlarni rad etyapti. Qo‘shma Shtatlardagi elchi Anatoliy Antonov bu boradagi hisobotlarni “tuhmat” deb atagan va jahon hamjamiyati Qora dengiz sohilidagi suvlarni Ukrainaning o‘zi minalashtirayotganiga ishonchi komil ekanini ta’kidlagan.

“Bu amaliyot ko‘plab ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlariga taalluqlidir”, deydi diplomat. 

Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Ukraina harbiylarining suvlarni minalashtirayotgani haqida gapirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing