Britaniya Ukrainaga Rossiyaga qarshi qirg‘in qurolini yuboryapti
Olam
−
06 iyun 2022
18196Buyuk Britaniya Ukrainaga M270 yalpi hujum reaktiv tizimlari bilan ta’minlaydi, ular 80 km masofadagi nishonlarni urib tushira oladi. Bu haqda Mudofaa vaziri Ben Uolles ma’lum qildi, deb yozadi “Reuters”.
Uollesning aytishicha, Britaniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi Rossiya taktikasi rivojlanishi bilan o‘zgarib bormoqda.
“Ushbu yuqori samarali ko‘p uchiruvchi raketa tizimlari ukrainalik do‘stlarimizga Putin kuchlari shaharlarni vayron qilish uchun ishlatgan uzoq masofali artilleriyalarning shafqatsiz qo‘llanilishidan o‘zlarini yaxshiroq himoya qilish imkonini beradi”, deydi vazir.
M270 tizimlari bilan ta’minlash Qo‘shma Shtatlar bilan kelishilgan, chunki texnika Amerika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va uchinchi tomonga o‘tkazish uchun Vashingtondan rasmiy ruxsati talab qilinadi.
Qayd etilishicha, Ukraina kuchlari Britaniyada yangi raketalardan foydalanishga o‘rgatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik artilleriyachilar HIMARS va M270 dan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlarni boshlagani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi