Britaniya Ukrainaga minglab dronlar yetkazib beradi
Olam
−
15 fevral
3971Britaniya va Latviya Ukrainaga minglab dronlarni, jumladan, FPV (First Person view) dronlarini yetkazib berish niyatida. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi bayonot berdi.
“London arzon narxlarda uchuvchisiz samolyotlarni keng miqyosda ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib, Ukraina Qurolli kuchlariga yordam berishda G‘arb sanoatining kuchidan foydalanishi mumkin. Bu Buyuk Britaniyaning Ukraina uchun minglab FPV dronlariga buyurtma berishidan dalolat beradi", deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.
Ma’lumot uchun, Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov havo hujumi va raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasi ish boshlaganini, unga 15 davlat qo‘shilganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Ukraina hukumatiga 106 million dollar miqdorida grant o‘tkazish niyatida ekanini e’lon qilgandi.
Ulkanbayeva Rayxona
LiveBarchasi