Britaniya TIV O‘zbekistonni “xavotirli” davlatlar qatoriga kiritdi

Olam

image

Joriy yilning birinchi yarmida diniy erkinlik bilan bog‘liq vazit qator davlatlarda yomonlashdi, deyiladi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. Bu haqda "Crux" xabar berdi.

Ushbu hujjat Britaniya Hukumati tomonidan e’lon qilingan Inson huquqlari va demokratiya to‘g‘risidagi hisobotning davomi bo‘ldi. Hujjatda inson huquqlari va diniy erkinlik masalasida Britaniya TIVda xavotir uyg‘otuvchi 30 ta “ustuvor davlat” nomi keltirilgan.

Ro‘yxatdaa, afsuski, O‘zbekiston ham bor. Shuningdek, Afg‘oniston, Bahrayn, Xitoy, Kolumbiya, KXDR, Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Eritreya, Eron, Iroq, Isroil va okkupatsiq ilingan Falastin hududi, Liviya, Maldiv orollari, Myanma, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Somali, Janubiy Sudan, Shri-Lanka, Sudan, Suriya, Turkmaniston, Venesuela, Yaman va Zimbabve kiritilgan.

Ta’kidlanishicha, ba’zi davlalarda inson huquqlari va diniy erkinlik masalasi yomonlashgan bo‘lsa, ayrimlarida aksincha, yaxshilashgan. Diniy erkinlik masalasida taqiqlarga ega davlatlar qatorida Rossiya, Turkmaniston, Afg‘oniston, Yaman va Liviya alohida ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya inson huquqlari diniy erkinlik

Baholaganlar

1125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing