Britaniya “spetsnaz”i yana ukrain askarlarini tayyorlashni boshladi

Olam

image

Buyuk Britaniya maxsus topshiriqlar bo‘linmasi xizmatchilari Kiyev va uning atrofida ukrainalik askarlarni tayyorlashni qayta tikladi. Bu haqda “Times” xabar berdi.

Ukrainaning ikki bataloni ofitserlarining nashrga ma’lum qilishicha, o‘tgan hafta va avvalgi hafta ular Buyuk Britaniya Maxsus havo xizmati (SAS) instruktorlari rahbarligida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan.

Kiyevning Obolonskiy tumanida joylashgan bo‘linma kapitani Yuriy Mironenkoning aytishicha, britaniyalik harbiy instruktorlar Ukraina qo‘shinlariga NLAW tankga qarshi raketalaridan foydalanishni o‘rgatish uchun kelgan. AQSH shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli avvalroq amerikaliklar o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Ukraina harbiylariga 60 ming tankga qarshi va 25 ming zenit majmuasini topshirganini aytgan edi.

Nashrning eslatishicha, fevral oyida britaniyalik harbiy instruktorlar Ukraina hududini tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing