Britaniya rossiyalik milliarderga qarshi sanksiyalarni olib tashladi

Olam

image

Buyuk Britaniya rossiyalik milliarder Oleg Tinkovga nisbatan qo‘yilgan sanksiyani bekor qildi. Bu haqda mamlakat hukumati rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Tinkovga nisbatan sanksiya 2022 yilning 24 martida Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan bir oy o‘tib joriy qilingan. Avstraliya Buyuk Britaniyaning mazkur sanksiyasiga qo‘shilgan bo‘lsa, Yevropa Ittifoqi, AQSH va boshqa g‘arb davlatlari buni qo‘llab-quvvatlamagan.

Endilikda bugun, 20 iyuldan boshlab Tinkovning muzlatilgan aktivlari qaytariladi va unga trast xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat beriladi. Uning saksiyalar ro‘yxatidan chiqarilishini boshqa bir milliarder Richard Brenson Britaniya hukumatidan iltimos qilgan. Brenson joriy yilning 17 iyul kuni Tinkov rostdan ham badavlat millarder bo‘lsa-da, oligarx emasligi, unga qo‘yilgan sanksiyalar asossiz ekanini aytib, mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga murojaat yo‘llagan.

Ma’lumot uchun, Oleg Tinkovning asosiy daromadi uning 2006 yilda ochilgan “Tinkoff” bankidan keladi. Ushbu bank hozirda dunyodagi eng yirik onlayn banklardan biri hisoblanib, 8 milliondan ortiq mijozga ega. Shuningdek, Tinkov “Darya” muzlatilgan oziq-ovqatlar fabrikasi, pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va “Tinkoff”restoranlar tarmog‘iga ham egalik qiladi.

Ta’kidlash joizki, milliarder Rossiyaning Ukrainaga hujum qilgan dastlabki kunlaridanoq bosqinga qarshi ekanini bildirib kelmoqda. U hatto, 2022 yilning oktyabr oyida bo‘layotgan voqealarga aloqador bo‘lib qolishni istamasligi sababli Rossiya fuqaroligidan voz kechishini ma’lum qildi. U hozirda Kipr fuqarosi. Tinkov sanksiyalar nishoniga aylanganidan so‘ng Britaniya rasmiylariga murojaat qilib, bosqinni qo‘llovchilarga nisbatan sanksiyalar joriy qilinishi tarafdori ekanini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya sanktsiya Oleg Tin'kov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing