Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Rossiya va Belarusdan bir qator yangi tovarlar, jumladan platina, palladiy va umumiy qiymati 1,4 milliard funt sterling (1,72 milliard dollar) bo‘lgan kimyoviy mahsulotlar importi uchun 35 foizlik oshirilgan bojlar joriy qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati saytida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

London yangi sanksiyalar bilan Rossiyaning Ukrainaga noqonuniy bostirib kirishi boshlanganidan beri to‘liq yoki qisman import va eksport cheklovlariga duchor bo‘lgan tovarlarning umumiy qiymatini deyarli 5 milliard dollarga yetishini kutmoqda. Bunga Buyuk Britaniyaning Rossiyaga eksporti bo‘yicha tayyorlayotgan cheklovlari ham kiradi. Bu “Rossiya iqtisodiyotining Buyuk Britaniyaga eng qaram tarmoqlarida” 250 million funt sterling (310 million dollar) qiymatidagi tovarlarni eksport qilishni cheklaydi. Gap kimyo sanoati mahsulotlari, polimerlar va sanoat uskunalari haqida bormoqda.

“Endi eksport-import sanksiyalari qiymati 4 milliard funt sterlingdan ortiq bo‘lgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi, bu [Prezident Vladimir] Putinning harbiy maqsadlariga katta putur yetkazadi. Ittifoqchilarimiz bilan yaqindan hamkorlik qilib, biz Putinning rejalarini barbod qilishimiz mumkin”, deyiladi Britaniya Moliya vaziri Rishi Sunak bayonotida.

Buyuk Britaniya Moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, navbatdagi sanksiyalar paketi joriy etilganidan so‘ng qirollikka Rossiyadan olib kiriladigan tovarlarning 96 foiziga (oltin va energiyadan tashqari) va Britaniyaning Rossiyaga eksportning 60 foiziga cheklovlar qo‘llaniladi. 

Mart oyining o‘rtalarida Britaniya hukumati Rossiyani savdoda eng qulay mamlakatlar qatoridan chiqarilganin e’lon qildi va bir qator rus tovarlari importiga qo‘shimcha 35 foiz boj joriy etdi. Ular orasida mis, temir, po‘lat, o‘g‘itlar, yog‘och, shinalar, temir yo‘l konteynerlari, sement, alyuminiy, kumush, qo‘rg‘oshin, temir rudasi, ichimliklar, kuchli alkogol, shu jumladan aroq, sirka, shisha va shisha idishlar, don, moyli urug‘lar, qog‘oz, karton, mashinalar, san’at asarlari, antiqa buyumlar, hayvonlarning terilari va sun’iy charmlar, kemalar va oq baliq bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing