Britaniya elchisi jurnalistning IIBga chaqirilishini qoralab chiqdi

Jamiyat

image

Avvalroq, BBC O‘zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safo Toshkent shahri Chilonzor tumani Ichki ishlar bo‘limiga “suhbatga” chaqirilganini xabar bergan edik. 

Voqea ortidan Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart vaziyatga o‘z munosabatini bildirib, jurnalist bilan sodir bo‘lgan voqeani qoralab chiqdi. U bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. 

“O‘zbekiston Konstitutsiyasida jurnalist huquqlarini cheklash va senzuraga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Prezident Mirziyoyevning bayonotlari ham OAV erkinligiga sodiqlikni ko‘rsatadi. Ammo bu kabi holatlar asl vaziyat teskari ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi”, degan elchi.

Eslatib o‘tamiz, Timoti Smart 2023 yildan Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Timoti Smart Ibrat Safo BBC O'zbek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing