Britaniya AQSHning Isroil yaqinidagi harbiy operatsiyalariga qo‘shilmoqchi emas – “Telegraph”

Olam

image

Buyuk Britaniya harbiy kemalari AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Isroil qirg‘oqlari yaqinidagi operatsiyalariga qo‘shilmaydi. Bu haqda Britaniya qirollik dengiz flotidagi manbasiga tayanib, “The Daily Telegraph” nashri xabar berdi.

So‘zlari bilvosita keltirilgan nashr suhbatdoshiga ko‘ra, bunday rejalar yo‘q. Mintaqada Qizil dengizda yuk tashish xavfsizligini ta’minlash uchun Prosperity Guardian operatsiyasida ishtirok etayotgan Britaniyaning HMS Diamond esminetsi, shuningdek, Arabistonda qurol va giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi kurash bo‘yicha missiyalarni bajaruvchi HMS Lancaster fregati joylashgan.

Kecha, 12 aprel kuni ertalab Pentagon Yaqin Sharqqa u yerda joylashgan Amerika qo‘shinlari xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha kuchlar yuborilganini tasdiqladi. Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Suriyadagi Eron elchixonasining konsullik bo‘limiga Isroilning yaqinda uyushtirgan zarbasiga Tehronning javob berishga tayyorligi haqidagi bayonotlari tufayli Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini o‘zgartirgan.

Kecha, 12 aprel kuni “The Wall Street Journal” Eronning javob zarbasi yaqin 24-48 soat ichida amalga oshirilishi mumkinligini yozdi. Nashrning qayd etishicha, yahudiy davlati Eronning shimoldan yoki janubdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilishiga hozirlik ko‘rmoqda. 

Manbaga ko‘ra, Tehron hali yakuniy qarorga kelmagan. “Axios” portali esa Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon germaniyalik mavqedoshi Annalena Berbokka Tehron keskinlikning kuchayishiga olib kelmaslik uchun Isroil zarbasiga cheklangan tarzda javob berishini aytganini yozdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Buyuk Britaniya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing