Britaniya husiylarga qarshi urushini davom ettiradi – Devid Kemeron

Olam

image

Buyuk Britaniya husiylarning harbiy salohiyatini kamaytirish uchun Yamandagi nishonlarga zarba berishda davom etadi. Bu haqda Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron BBC'ga bergan intervyusida ma’lum qildi

“Biz ularni to‘xtatishda davom etishimiz haqida aniq signal yubordik”, deydi Kemeron.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlarining qo‘shma zarbalari husiylarning harbiy salohiyatini kamaytirishga yordam bermoqda.

Kemeron husiylarning fuqarolik kemalariga uyushtirgan hujumlarini “qabul qilib bo‘lmaydigan va noqonuniy” deb atadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, London va Vashington “ko‘rilayotgan qadamlarni qo‘llab-quvvatlaydigan” koalitsiya yaratish ustida ishlamoqda. Shu bilan birga, Kemeron husiylarning harakatlarini G‘azo sektoridagi mojaro bilan bog‘lashdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 23 yanvarga o‘tar kechasi Buyuk Britaniya va AQSH husiylarning pozitsiyalariga qarshi rasman tasdiqlangan ikkinchi qo‘shma zarbalarni boshlagandi. Ularning asosiy nishonlari husiylarning yerosti omborlari va raketa uchirish va havodan kuzatuv bilan bog‘liq ob’ektlari bo‘lgan. Tomonlar husiy nishonlarini bombardimon qilish orqali “Qizil dengizda barqarorlikni tiklash” va mintaqada navigatsiya erkinligini ta’minlash niyatida ekanliklarini aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Yaman husiylar Devid Kemeron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing