BRICS o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 114 ta medal oldi
Sport
−
24 iyun 2024 8975 1 daqiqa
Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan BRICS o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 114 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Bugun, 24 iyun kuni o‘z poyoniga yetgan 6-BRICS o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 17 ta oltin, 39 ta kumush va 58 ta bronza, jami 114 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, 13-24 iyun kunlari 90 ta jamoa ishtirokida kechgan o‘yinlarda Rossiya birinchi, Belarus ikkinchi hamda Xitoy jamoalari uchinchi o‘rinni band etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bahodir Jalolov BRICS o‘yinlarida g‘olib bo‘lgandi.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr