Braziliyalik futbolchi “Real”ni tark etmoqchi

Sport

image

“Real Madrid” hujumchisi Endrik bu mavsumda Xabi Alonso boshchiligidagi jamoada bir daqiqa ham maydonga tushmagan yagona futbolchi bo‘lib turibdi. Shu sababdan, braziliyalik futbolchi jamoadan ketish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Endrikning asosiy talabi kuchli va raqobatbardosh Yevropa klubiga o‘tishdir. U, ayniqsa, Yevropaning “kuchli beshlik” ligalaridan birida (Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya yoki Fransiya) to‘p surishni xohlaydi. Portugaliyaga borish varianti ham istisno emas, biroq bu faqat “Benfika”, “Portu” yoki “Sporting” kabi mamlakatning eng kuchli uch klubidan biri bilan bo‘lishi kerak. Shuningdek, yangi jamoa xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi lozim.

Endrik va uning vakillari hujumkor o‘yin uslubiga ega, yuqori ambitsiyali klublarni afzal ko‘rishmoqda. U “Real”dagi hozirgi vaziyat davom etsa, 2026 yilgi Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasidan joy olish imkoniyatini boy berishini yaxshi biladi.

Madrid klubi esa futbolchini to‘liq sotishdan ko‘ra ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqchi. Har ikki tomon ham qaror uzoq muddatli istiqbolni hisobga olgan holda qabul qilinishi kerakligini tushunadi.

Endrik yozda bir nechta jamoalarning takliflarini o‘rganib chiqqan, hattoki Ispaniyada “Real Madrid”ning o‘zi bilan ham muzokaralar bo‘lgan, biroq yakunda transfer amalga oshmagan edi.

Ma’lumot uchun, Endrik 2022 yilda “Palmeyras” klubidan “Real Madrid”ga taxminan 60 million yevro evaziga transfer qilingan. Shartnoma bo‘yicha u 2024 yil yozida 18 yoshga to‘lgach, Madrid klubiga rasman qo‘shilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya “Real Madrid” Endrik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing