Braziliyalik futbolchi “Real”dan ketmoqchi emas
Sport
−
08 aprel 2024 4483 1 daqiqa
“Real” klubining braziliyalik futbolchisi Vinisius Junior jamoani tark etish niyatida emas. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, vinger boshqa klubga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti, o‘z navbatida madridliklar ham braziliyalik futbolchini sotmoqchi emas. 23 yoshli futbolchi o‘zini jamoaning asosiy qismidek his qilmoqda va boshqa klublardan kelgan takliflarga e’tibor qaratmayapti.
“Real Madrid” Viniciusni jamoaning asosiy yulduzi deb biladi. U bilan shartnoma imzolashni istagan xaridorlar 1 milliard yevro miqdorida tovon to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Joriy mavsum La Ligada 20 ta uchrashuvda Vinicius 12 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025