Braziliyalik futbolchi “qurbon” bo‘lishi evaziga “Real” Xolandni sotib olishi mumkin

Sport

image

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland keyingi mavsumda Angliya jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqda “Defensa Central” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, norvegiyalik futbolchining o‘zi “Real”da o‘ynashni xohlaydi. Madrid klubi esa braziliyalik vingerlar Vinisius Junior yoki Rodrigo jamoani tark etsa, norvegiyalik hujumchini sotib olishi mumkin. 

“Qaymoqranglilar” mutasaddilari allaqachon qanotda Mbappe va oldingi chiziqda Xoland bilan hujum chizig‘ini tashkil etish borasida rejalar o‘ylab qo‘ygan.

Xoland “Siti”da 2022 yilning yozidan beri o‘ynamoqda. Bu davrda u barcha turnirlarda 102 ta uchrashuvda ishtirok etib, 97 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligada 3 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Rodrigo Erling Xoland Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing