Qaynayotgan Braziliya. Prezident tarafdorlari terrorizmda ayblandi
Olam
−
04 may 2020
4605Braziliya parlamenti Deputatlar palatasi rahbari Rodrigo Maya mamlakat Prezidenti Jair Bolsonaru tarafdorlarini terrorizmda aybladi. Bu haqda siyosatchi o‘zining Twitter sahifasida yozdi.
"Kecha ular hamshiralarni qo‘rqitishdi, bugun esa ular jurnalistlarga hujum qilishdi. Ertaga ularni ishlarini ma’qullamagan yana kimdir jabrlanadi”, deydi Maya.
Maya fikriga ko‘ra, mamlakat institutlari "terrorizm usullari" dan foydalanib, Bolsonaru tarafdorlarining harakatlariga huquqiy baho berishlari va tegishli choralarni ko‘rishlari kerak.
Xabar berilishicha, kecha, 3 may kuni Braziliyada mamlakatning amaldagi Prezidenti Jair Bolsonaruni qo‘llab-quvvatlash uchun miting boshlandi. Namoyishchilar poytaxtning bir tumanida transport harakatini to‘sib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Jair Bolsonoru koronavirus xavfiga qaramay mamlakatda jiddiy choralar ko‘rmayapganlikda ayblanib kelmoqda. U hatto shtat gubernatorlarining cheklovlar qo‘llashini tanqid qilib bu cheklovlarni olib tashlashga chaqirgan. Mamlakat aholisining deyarli yarmi uni lavozimidan ketishini xohlamoqda. Hozirda mamlakat bo‘ylab karantin joriy qilinmagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada koronavirus bilan bog‘liq 97 100 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 40 937 nafari sog‘aygan, 6 761 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 49 402 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi