Braziliyada tornado oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
08 noyabr 2025 1164 1 daqiqa
Kecha, 7 noyabr kuni Braziliyaning Parana shtatidagi Rio-Bonitu-du-Iguasu munitsipalitetida kuchli tornado sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, taxminan 130 kishi jarohat olgan. Bu haqda CNN Brasil xabar berdi.
Shtat hokimiyati ma’lumotiga ko‘ra, Parananing g‘arbiy, janubi-g‘arbiy va janubi-markaziy hududlarida bir nechta kuchli bo‘ronlar kuzatilgan. Atrof-muhitni monitoring qilish tizimi shamol tezligini 180-250 km/soat deb qayd etgan, ayrim hududlarda esa shamol tezligi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 250 km/soatdan ham oshgan.
Meteorologlarning ma’lum qilishicha, hodisa yuzasidan tahlil ishlari davom etmoqda.
“Biz monitoringni davom ettiramiz, fuqarolik mudofaasi bilan birgalikda suratlar va aerotasvirlarni o‘rganamiz. Zarurat tug‘ilganda hodisaning intensivligi qayta tasniflanishi mumkin, chunki bu juda jiddiy voqea bo‘ldi”, deyiladi mutaxassislar bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq markaziy va janubiy Filippin orollariga yopirilgan “Kalmaegi” tayfuni oqibatida kamida 140 kishi halok bo‘lgani, yana 127 nafar inson bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025