Braziliyada samolyot restoranga borib urildi (video)
Olam
−
14:35 1916 1 daqiqa
Braziliya janubida kichik samolyot restoran binosiga borib urilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 4 aprel kuni G1 xabar berdi.
OAV tomonidan e’lon qilingan kuzatuv kamerasi videosida Riu-Grandi-du-Sul shtatining shimoliy qirg‘og‘idagi Kapao-da-Kanoa shahrida samolyot qulashi lahzasi muhrlangan. Havo kemasi turarjoy uylaridan birining ustiga tushgan, videoda tutun va olov ko‘rinadi. Ushbu hududdagi binolar past qavatli ekanligi qayd etilgan.
“Samolyot uchuvchisi va yana ikki kishi halok bo‘ldi... Samolyot bortida jami to‘rt kishi bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Harbiy brigadaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot past balandlikda uchayotgan bo‘lgan, keyin esa balandlikni yo‘qotishni boshlagan va halokatga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qrimda An-26 samolyoti qulagan edi. Halokat yarim orolning Bog‘chasaroy tumanidagi Kuybishevo qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Hodisadan bir oz oldin samolyot bilan aloqa uzilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, 29 kishi halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Vazirlik samolyotga tashqi ta’sir o‘tkazilmaganini ta’kidlagan.
Live
Barchasi