Braziliyada noqulay ob-havo tufayli 39 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
08 Sentabr 2023
3323Braziliyaning Riu-Grande-du-Sul shtatida sodir bo‘lgan siklon oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy G1 portali xabar berdi.
Siklon sabab bo‘lgan kuchli yomg‘ir jami 80 ta shaharga ta’sir ko‘rsatib, daryolarning toshib ketishi va toshqinlarga olib kelgan.
Jupiya munitsipalitetida shamol tezligi soatiga 110 km dan oshgani qayd etilgan. Mahalliy hokimiyat organlari 7 sentyabrga rejalashtirilgan Braziliya Mustaqillik kunini nishonlash sharafiga barcha paradlarni bekor qilgan.
Siklon oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, yana to‘qqiz nafar aholi bedarak yo‘qolgan. 80 ta munitsipalitetdagi 2700 ga yaqin odam qutqarilgan. Dovul tufayli 6000 dan ortiq odam boshpanasiz qolgan.
“Reuters”ga ko‘ra, mintaqada kuchli yomg‘irlar iqlim o‘zgarishi sababli tez-tez va shiddatli bo‘lib bormoqda. Iliqroq havo namlikni ko‘proq ushlab turishi sababli bo‘ronli bulutlar yanada kuchayadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya, Bolgariya va Gretsiyadagi suv toshqinlari 11 kishining hayotiga zomin bo‘lgandi.
LiveBarchasi