Braziliyada Ledi Gaganing konsertida dahshatli teraktga urinish bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
05 may 10406 2 daqiqa
Joriy yilning 3 may kuni Braziliya politsiyasi mashhur qo‘shiqchi Ledi Gaganing Rio-de-Janeyro shahridagi Kopakabana plyajida bo‘lib o‘tgan va 2 milliondan ortiq tomoshabin ishtirok etgan bepul konsertida yuz berishi mumkin bo‘lgan portlashning oldini oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Rasmiylarga ko‘ra, Rio-de-Janeyro shtati politsiyasi va Braziliya Adliya vazirligi birgalikda terrorchilik harakatini tayyorlayotgan bir guruh shaxslarni aniqlagan. Politsiya bayonotida aytilishicha, gumonlanuvchilar oldin nafrat uyg‘otish propagandasi bilan shug‘ullangan, zo‘ravonlikka undovchi kontent tarqatgan va yoshlar orasida tajovuzkor kayfiyatni rag‘batlantirgan.
“Ular orasida voyaga yetmaganlar ham bor bo‘lgan ishtirokchilarni qo‘lbola portlovchi moddalar va molotov kokteyllari yordamida bir vaqtning o‘zida hujumlar uyushtirish uchun yollagan”, deyiladi politsiya bayonotida.
“Reuters”ning yozishicha, ushbu guruh Ledi Gaga konsertida bomba portlatishni rejalashtirgan.
Braziliya Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchilar o‘zlarini “Little Monsters” – Ledi Gaganing global fan-klubi a’zolari deb tanishtirgan. Bu atama qo‘shiqchining sodiq muxlislari orasida keng tarqalgan bo‘lib, Gaga 2012 yilda shu nomdagi ijtimoiy tarmoqni ham ishga tushirgan.
Huquq-tartibot idoralari internetda tashkil etilgan “raqamli yacheykalar”ni aniqlagan. Ular orqali ekstremistik ramzlar, maxsus shifrlangan til va targ‘ibotlar orqali zo‘ravonlikni rag‘batlantirish bo‘yicha faoliyat olib borilgan.
Tergovchilarning fikricha, ushbu guruh rahbari Braziliyaning janubidagi Riu-Grandi-du-Sul shtatida noqonuniy qurol saqlashda gumonlanib hibsga olingan. Mamlakat bo‘ylab – Rio-de-Janeyro, Matu-Grosu, Riu-Grandi-du-Sul va San-Paulu shtatlarida o‘nlab tintuv orderlari chiqarilgan.
Live
Barchasi