Braziliyada koronavirusning “lyambda” nomli turi aniqlandi
Olam
−
26 iyun 2021
6134Braziliya janubida koronavirusning yangi — “lyambda” nomli turi aniqlandi. Olimlarning ushbu mutatsiyaga oid xulosalari “medRxiv” elektron kutubxonasidagi maqolada chop etilgan.
Ta’kidlanishicha, bir guruh shifokorlar uning izlarini birinchi bo‘lib Braziliyada topgan.
Ushbu kashfiyot qo‘shni Argentinaga safardan so‘ng uyiga qaytgan bemorning sog‘lig‘ini kuzatish paytida aniqlangan.
Tadqiqotchilar virus genomining tarkibida ko‘pgina boshqa turlarga xos bo‘lmagan yigirmata o‘zgarishni aniqlagan. Olimlarning ta’kidlashicha, yangi variantning tarqalish tezligi va boshqa mutatsiyalarga qaraganda qanchalik yuqumli ekanligi to‘g‘risida hozircha ma’lumotlar mavjud emas.
Avvalroq, JSST koronavirusning eng yuqumli turi deb, “delta” shtammini tan olgandi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusning “delta” shtammi hozirda kamida 85 mamlakatda mavjud va u infeksiyaga qarshi emlanmagan aholi orasida tez tarqalmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham koronavirusning Hindistonda paydo bo‘lgan xavfli “hindcha” shtammi aniqlangani haqida xabar berilgandi.