Braziliyada hindular iqlim konferensiyasiga bostirib kirdi (video)
Olam
−
12 noyabr 2025 15183 1 daqiqa
Kecha, 11 noyabr kuni Braziliyada o‘tkazilayotgan iqlim bo‘yicha konferensiyaga tub aholi vakillari bostirib kirib, Amazonka o‘rmonlarining kesilishiga qarshi norozilik bildirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Nashrning yozishicha, o‘nlab mahalliy xalq vakillari Belen shahrida o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi hududiga kirishga uringan. Norozilar qo‘riqchilar bilan to‘qnashuvga kirgan, oqibatda ayrimlar jarohat olgan. Qo‘riqchilar ularni orqaga surishga muvaffaq bo‘lgan. Konferensiya ishtirokchilari vaziyat barqarorlashguncha bino ichida qolishga majbur bo‘lgan, keyinroq ularga tashqariga chiqishga ruxsat berilgan.
Braziliyaning tub aholisi yetakchilari o‘z pozitsiyalari o‘rmonlardan foydalanish bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida inobatga olinishi kerakligini talab qilmoqda. Kayapo xalqining nufuzli vakillaridan biri Raoni Metuktire braziliyalik ko‘plab tub aholi sanoat va qurilish loyihalaridan norozi ekanini aytib, hukumatni Amazonkani himoya qilish uchun ularga ko‘proq huquqlar berishga chaqirgan.
Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva konferensiya arafasida mahalliy xalqlarni “muzokaralarning muhim ishtirokchilari” deb atagan.
Ma’lumot uchun, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMTning 30-konferensiyasi – COP30 Parij kelishuvining imzolanishidan 10 yil o‘tib, Braziliyada o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyo bo‘ylab har yili qariyb 10,9 million gektar o‘rmon yo‘qolayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025