Braziliyada hech qanday alomatsiz koronavirusga chalingan bemor aniqlandi
Olam
−
06 mart 2020 9610 1 daqiqa
Braziliyada 13 yoshli maktab o‘quvchisiga koronavirus tashxisi qo‘yildi. Qiziq tomoni shundaki, unda hech qanday kasallik alomatlari bo‘lmagan.
Shifokorlar qizni tekshiruvdan o‘tkazgan. Chunki u Italiyada bo‘lgan, u yerda esa infeksiya yuqish xavfi yuqori. Ma’lum bo‘lishicha, baland isitma va nafas olish kasalliklarining boshqa alomatlari bo‘lmasa ham, u COVID-2019 bilan kasallangan.
Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligi dastlab yosh bemorni simptomlar yo‘qligi sababli rasmiy ravishda koronavirus bilan zararlanganlar ro‘yxatiga kiritishni rad etgan. Rasmiylar bu qarorni matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilishgan, shundan so‘ng maktab o‘quvchisi bu ro‘yxatga kiritilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Braziliyada to‘rt kishi koronavirus bilan kasallangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025