Braziliya terma jamoasining yangi murabbiyi aniq bo‘ldi

Sport

image

“San-Paulu” klubining bosh murabbiyi Dorival Junior Braziliya terma jamoasini boshqarish uchun hozirgi klubidan iste’foga chiqarishini so‘radi.

“Bu shaxsiy orzumni ro‘yobga chiqarish yo‘li. “San-Paulu”da qilgan ishim uchun e’tirof etilganim tufayli mamlakat bosh jamoasini boshqarish imkoniyati paydo bo‘ldi. Klub prezidenti va rahbariyatining malakali rahbarligi ostida jamoani qayta kuchaytirish davrining bir qismi bo‘lganimdan xursandman. So‘nggi yillarda infratuzilma va rejalashtirishga sarmoya kiritilishi tufayli klub bozordagi eng malakali mutaxassislar bilan ishlashga tayyor. Shuningdek, muxlislarga barcha mehr-muhabbatlari va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman”, deydi Dorival Junior.

Ma’lumot uchun, Dorival Junior murabbiylik faoliyati davomida Braziliyaning turli-tuman klublarini boshqargan. 2024 yildan u “pentakampionlar” terma jamoasiga ustozlik qiladi.

Shuningdek, Braziliya terma jamoasi murabbiyligiga “Real” ustozi italiyalik Karlo Anchelotti ham jalb qilingandi, biroq yakunda Anchelotti bilan yakuniy kelishuv muvaffaqiyatsiz yakunlandi va murabbiy faoliyatini “qaymoqranglilar” postida davom ettiradigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Karlo Anchelotti Dorival Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing