Braziliya Prezidenti yahudiylardan uzr so‘rashi kerak – Isroil
Olam
−
19 fevral
8469Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvani G‘azo sektoridagi urushni Gitlerning yahudiylarga qilgan qirg‘ini bilan solishtirgani ortidan “persona non grata” deb e’lon qildi. Bu haqda vazir o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.
U Braziliyaning mamlakatdagi elchisi Yad Vashem bilan uchrashgani, Braziliya rahbari yahudiylardan uzr so‘ramaguncha va Isroilni Gitler Germaniyasi bilan solishtirishdan voz kechmagunicha Isroilda "istalmagan shaxs" sifatida qolishini bildirgan.
"Biz buni kechirmaymiz va unutmaymiz – o‘zim va Isroil fuqarolari nomidan men Prezident Lula toki u uzr so‘ramagunicha mamlakatda “persona non grata” deb e’lon qilinadi", degan Kats portugal tilida yozgan postida.
Qayd etish kerakki, kecha, 18 fevral kuni Braziliya rahbari G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealarni genotsid deb ta’kidlab, buni Adolf Gitlerning yahudiylarga nisbatan munosabatiga qiyoslagan. Keyinroq esa Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bunday bayonotlarni chegaradan o‘tish deb atagan edi.
LiveBarchasi