Braziliya Prezidenti “Rossiyani ham o‘z ichiga olgan” tinchlik konferensiyasi o‘tkazishni taklif qildi
Olam
−
15 iyun
5803Braziliya Prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva G7 davlatlariga Moskva va Kiyev tomonidan tan olinadigan Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasi o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Braziliyaning “Uol” axborot portali xabar berdi.
“Faqat Braziliya va Xitoy takliflari asosida mojaro ichidagi ikkala taraflar tomonidan tan olinadigan xalqaro konferensiyagina tinchlik o‘rnatishga imkon beradi”, deydi Braziliya yetakchisi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mojarodagi tomonlarning hech biri o‘z maqsadlariga harbiy yo‘l bilan erisha olmaydi. Shuningdek, nashr Braziliya yetakchisi nutqi davomida Kiyev vakili zalda bo‘lmaganini bildirdi.
10 iyun kuni Braziliya Tashqi ishlar vaziri Mauro Viyeyra Braziliya Ukraina bo‘yicha mojaroning barcha tomonlari ishtirokidagi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat haqiqatdan ham samarali bo‘ladigan barcha tashabbuslarni himoya qilish, ilgari surish yoki ishtirok etishga tayyor.
Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha konferensiya 15-16 iyun kunlari Shvetsariyada bo‘lib o‘tadi, unga davlat va hukumat rahbarlari darajasidagi 160 dan ortiq delegatsiyalar taklif etilgan. Xitoy, Meksika, Nikaragua va boshqalar konferensiyada ishtirok etishdan bosh tortdi, Rossiya sammitga taklif qilinmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Shvetsariyada bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasida ishtirok etmasligini e’lon qilgandi. Rasmiy Pekin taklifni rad etgan, chunki uning ishtirok etish shartlari bajarilmagan. Xitoy bajarilmagan shartlar orasida konferensiyani Ukraina va Rossiya tomonidan tan olinishi, ushbu davlatlarning unda teng ishtirok etishi va barcha takliflarning adolatli muhokama qilinishi kabi talablar borligini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi