Braziliya Lavrovning samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortdi
Olam
−
23 fevral
19319Braziliya AQSHning ikkilamchi sanksiyalariga tushib qolish xavfi tufayli Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortdi. Bu haqda kecha, 22 fevral kuni “Aero Telegraph” portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Lavrov Rio-de-Janeyrodagi G20 sammitidan Braziliya Prezidenti Lula da Silva bilan uchrashish uchun Rossiya hukumatining Il-96 samolyotida uchishi kerak edi. Ular Lavrov samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortgach, Braziliya tomoni Rossiya vazirini Braziliya Tashqi ishlar vaziri Mauro Viyeyraning samolyotida “yo‘l-yo‘lakay” Lula bilan uchrashuvga uchishni taklif qildi.
“Aero Telegraph”ning ta’kidlashicha, tomonlar Sergey Lavrov Prezident bilan suhbatdan so‘ng Rossiya hukumatining Il-96 samolyotini boshqa joyda yonilg‘i bilan to‘ldirishga kelishib olgan.
Keyinroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova vazirning samolyoti parvozga tayyorligini, yonilg‘i bilan to‘ldirilganligini aytdi.
“Samolyotga yonilg‘i quyildi, Braziliya tomoni logistika bilan ta’minladi”, deydi Zaxarova.
Lavrovning o‘zi jurnalistlarga hozirgi vaziyatni shunday izohladi:
"Braziliyada G‘arb korporatsiyalariga tegishli bo‘lmagan samolyotlarga yonilg‘i quyadigan kompaniyalar deyarli yo‘q. Braziliya tomoni bu masalani hal qilish uchun hamma narsani qildi", deydi vazir.
LiveBarchasi