Braziliya Futbol Konfederatsiyasi rahbari jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda

Sport

image

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (CBF) prezidenti Rojerio Kaboklo jinsiy tajovuz qilgani tufayli tashkilot Bosh assambleyasi tomonidan 21 oyga lavozimidan chetlatildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

U 2023 yil mart oyiga qadar futbol sohasida faoliyat yuritmaydi. Shuningdek, ushbu holat Rio de-Janeyro shtati prokuraturasi tomonidan ham tekshirilmoqda.

Vakolat muddati 2019 yilda boshlangan 48 yoshli Kaboklo Konfederatsiyaning axloq qo‘mitasi tomonidan joriy yilning iyun oyida o‘z lavozimidan chetlatilib, uning o‘rniga Ednaldo Rodriges tayinlangandi. 

“Futbol federatsiyalarini boshqaradigan 27 saylovchining barchasi Kabokloga qarshi ish bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Hammamiz ayollarga nisbatan zo‘ravonliklarga qarshi kurashishimiz kerak. Bunday holat ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘lishi mumkin emas”, deydi Ednaldo Rodriges.

Eslatib o‘tamiz, Kaboklo CBF prezidentligiga qaytishi uchun atigi yettita ovoz olishi kerak edi. Biroq, futbol federatsiyalar rahbarlarining barchasi uni chetlatish uchun ovoz bergan.

Ma’lumot uchun, Kabokloning prezidentlik davridagi so‘nggi asosiy vazifasi Braziliya prezidenti Jair Bolsonaroni epidemiologik vaziyatga qaramasdan 2021 yilgi Amerika kubogini Braziliyada o‘tkazishga ko‘ndirish bo‘lgan va bu amalga oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA Braziliya futbol konfederatsiyasi Kaboklo CBF

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing