BPga talabalar jurnalini ekstremistik tashkilot deb tan olish bo‘yicha murojaat qilindi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasiniing Davlat Dumasi Rossiya ichki ishlariga xorijiy davlatlarning aralashuvi faktlarini tekshirish bo‘yicha komissiyasi deputatlari “Doxa” nashrini Rossiya Federatsiyasida” ekstremistik tashkilot” deb tan olish iltimosi bilan Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasiga murojaat qildi. Bu haqda komissiya rahbari, Davlat dumasining xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisi Vasiliy Piskarev bugun, 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan komissiya yig‘ilishida ma’lum qildi. 

“Komissiyaning Germaniyadan ham faoliyat yurituvchi “Doxa” nashri materiallarini tahlili Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasiga “Doxa” nashrini ekstremistik tashkilot deb tan olish va uning mamlakatimiz hududida faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi murojaat bilan yakunlandi”, deydi Piskarev.

Parlamentariyning so‘zlariga ko‘ra, nashrning “axborot resurslari”da ma’muriy binolarga o‘t qo‘yish, “Molotov kokteyli” tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar, shuningdek, xavfsizlik kuchlariga qarshilik ko‘rsatish va universitetlarni “qo‘lga olish” bo‘yicha tavsiyalar chop etilgan. 

“Ularning yoshlarimizni noqonuniy faoliyatga jalb qilish harakatlariga chek qo‘yilishi va tegishli huquqiy baho berilishi kerak. Prokuraturadan javob kutyapmiz”, deydi Piskarev.

“Doxa” – rossiyalik talabalarning ijtimoiy-siyosiy jurnali. Nashr faoliyati 2019 yilda Moskva shahar dumasiga bo‘lib o‘tgan saylovlar bo‘yicha noroziliklarni yoritishi, buning natijasida Oliy Iqtisodiyot maktabi tomonidan “talabalar tashkiloti” rasmiy maqomidan mahrum qilinishi va 2021 yilgi Rossiya noroziliklaridan keyin uning muharrirlari jinoiy javobgarlikka tortilishi munosabati bilan rezonansga ega bo‘ldi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan oldin, “Doxa” o‘zini zamonaviy universitet va ijtimoiy va gumanitar bilimlar muammolari haqidagi jurnal sifatida ko‘rsatdi. Keyin ijtimoiy tarmoqlardagi tavsif “Urush, diktatura va tengsizlikka qarshi mustaqil jurnal” deb o‘zgartirildi. Tahririyat kengashi asosan Oliy Iqtisodiyot maktabi talabalari yoki aspirantlaridan iborat. 

Nashr o‘qituvchilarning axloqsiz xatti-harakatlarini tanqid qiladi, talabalarning ochiq xatlarini e’lon qiladi, dolzarb ijtimoiy-siyosiy voqealar (noroziliklar, ta’lim sohasidagi islohotlar, talabalar va o‘qituvchilarni ta’qib qilish holatlari) va so‘llik hodisalarini yoritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

52

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing