BP: “Jizzaxda ”tez yordam“ xodimi kaltaklanishi bo‘yicha tekshiruv boshlandi”
Jamiyat
−
25 avgust 2020
5598Avvalroq, Jizzax viloyatining Zomin tumanida tez tibbiy yordam xodimi bemorning qarindoshlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Bildirilishicha, Zomin tumani tez tibbiy yordam bo‘limi feldsheriga tan jarohati yetkazilganligi haqidagi xabar o‘rganilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB 1-sonli IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Feldsherga yetkazilgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekpertizasi tayinlangan.
Tekshirish olib borilishi ustidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
LiveBarchasi