BP va IIVning qiynoqqa solish bo‘yicha hisoboti Senat majlisida muhokama qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi, ertaga, 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.  Bu haqda kecha, 19 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi navbatdagi yig‘ilishida qaror qilindi. 

Senat majlisida qiynoqqa solish va boshqa g‘ayriinsoniy harakatlar ham muhokama qilinadi. 

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda:

•    “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi;
•    “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi;
•    “Jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
•    “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi. 

Bundan tashqari, Jizzax viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini eshitish ham nazarda tutilgan.

Qolaversa, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishi holati yuzasidan Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati, qolaversa, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nogironlikni aniqlash masalalari borasida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Ichki ishlar vazirligi tergovdagi qiynoqlar

Baholaganlar

38

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing