BP Samarqanddagi qotillik ishtirokchilari haqida ma’lumot berdi

3-sahifa

image

Avvalroq Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqaro pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik. Ikki kishi mazkur qotillikda gumonlanuvchi sifatida tergovga tortilgandi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Kattaqo‘rg‘ondagi qotillik bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 7 may kuni soat 22:30 larda 40 yoshli fuqaro O.Q. va 35 yoshli G‘.Q. Kattaqo‘rg‘on tumani, Nayman mahallasida yashovchi qarindoshlari F.Q. D.Q., B.X. va X.G‘. bilan kelishmovchilik sababli o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida oshxona pichog‘i bilan F.Q.ni turli sohalariga urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, F.Q. olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonaga olib ketilayotganda, yo‘lda vafot etgan.

8 may kuni tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

432

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing