BP Farg‘onada bir necha yuz millionlik daraxtlar kesib tashlangani bo‘yicha tekshiruv boshladi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida daraxtlar kesib tashlanganligi holati Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Elektr tarmoq korxonasi xodimlari “Qirqketmon” MFY hududida noqonuniy ravishda 48 to‘p ko‘p yillik sosna, 9 tup shumtol va 30 tupdan ortiq mevali daraxtlarni ostidan kesib tashlagan. Oqibatda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar summasi 43 410 000 so‘mga baholangan.

Viloyat Ekologiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiningg 2019 yil 17 yanvardagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydlanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi 43-son qarorining 49-bandida “Yetkazilgan zararni undirish, ushbu nizomga 4-ilovada keltirilgan bitta daraxt va butani kesish uchun berilgan ruxsatnoma qiymati miqdorining eng kam oylik ish xaqqi miqdoriga nisbatan koeffitsentlariga asosan, ya’ni kam qimmatli daraxtlar turi uchun 5 (besh) baravarga, qimmatli  yog‘ochbop daraxtlar uchun 10 baravarga, 100 (yuz) yoshdan oshgan daraxtlar uchun esa 20 baravarga ko‘paytirish bilan hisoblanadi” deb belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi farmonining 2-a-bandiga asosan, daraxt va butalarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qo‘llanilib, 43 410 000 so‘mlik zarar qayta xisoblanganda 856 500 000 so‘mni tashkil qilgan. 

Tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga takdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing