Bozorlarda parranda va baliq mahsulotlari sotish uchun savdo do‘konlarini qurishga joy ajratiladi
Jamiyat
−
04 mart 2021
5244O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan parrandachilik korxonalaridagi mavjud parrandalarni turli kasalliklar va favqulodda vaziyatlar (elektr energiyasi va tabiiy gazdagi uzilishlar) oqibatida nobud bo‘lishini sug‘urtalash tartibi ishlab chiqiladi. Bu haqda Prezidentning “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Bunda, parrandalar bosh sonini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta tovonining 50 foizigacha bo‘lgan qismi Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga:
• o‘zi ishlab chiqargan tuxum, parranda go‘shti va baliq mahsulotlarini sotish uchun dehqon bozorlari va aholi gavjum hududlardan o‘rnatilgan tartibda doimiy savdo joylari (nuqtalari);
• har bir dehqon bozorida hamda shahar (tuman)dagi aholi gavjum joylarda kamida 2 tadan yengil konstruksiya asosida parranda va baliq mahsulotlari sotishga mo‘ljallangan savdo do‘konlarini qurish uchun joy ajratiladi.
• 2021/2022 o‘quv yilidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi Marhamat yengil sanoat texnikumi negizida Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Andijon veterinariya meditsinasi texnikumi tashkil etiladi.
2021/2022 o‘quv yilidan respublikadagi barcha veterinariya meditsinasi va agrotexnologiyalar texnikumlarida parrandachilik, veterinariya, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilik yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida qabul kvota parametrlari shakllantiriladi.
Qarorga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Kasbi, Nishon, Mirishkor va Koson tumanlari chorvachilikka ixtisoslashtirilib, ushbu tumanlarda zamonaviy chorvachilik komplekslari tashkil etiladi.
LiveBarchasi