Bozorlarda narx-navo qanday?

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida kartoshka 3 000 – 7 000 so‘mdan, go‘sht esa 45 000 – 80 000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilingan.

Joriy yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagicha:

•    Suyakli mol go‘shti (1 kg) – 45000 – 68000 so‘m;

•    Qo‘y go‘shti (1 kg) – 52000 – 80000 so‘m;

•    Kartoshka (1 kg) – 3000 – 7000 so‘m;

•    Piyoz (1 kg) – 1000 – 4000 so‘m;

•    Sabzi (1 kg) – 1000 – 5500 so‘m;

•    Tuxum (10 dona) – 7000 – 15000 so‘m;

•    Guruch (1 kg) – 5000 – 17 500 so‘m;

•    O‘simlik yog‘i (1 l) – 14000 – 24000 so‘m;

•    Shakar (1 kg) – 7800 – 10500 so‘m.

Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing