Bozorlarda kartoshka va sabzi qimmatlashdi
Jamiyat
−
10 dekabr 2021 14784 1 daqiqa
O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida kartoshka 3 000 – 7 500 so‘mdan, sabzi esa 1 000 – 5 500 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilingan.
Joriy yil 7 dekabr holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagicha:
- Suyakli mol go‘shti (1 kg) – 45 000 – 68 000 so‘m;
- Qo‘y go‘shti (1 kg) – 52 000 – 80 000 so‘m;
- Kartoshka (1 kg) – 3 000 – 7 500 so‘m;
- Piyoz (1 kg) – 1 200 – 4 000 so‘m;
- Sabzi (1 kg) – 1 000 – 5 500 so‘m;
- Tuxum (10 dona) – 7 000 – 15 000 so‘m;
- Guruch (1 kg) – 5 000 – 17 500 so‘m;
- O‘simlik yog‘i (1 l) – 14 000 – 24 000 so‘m;
- Shakar (1 kg) – 7 800 – 10 500 so‘m;
Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.
Live
Barchasi