Bozorlarda go‘shtning minimal va maksimal narxi qancha?

Jamiyat

image

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning hududiy-markaziy dehqon bozorlarida, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qo‘mita markaziy dehqon bozorlarida, joriy yilning 10 noyabr kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

Suyakli mol go‘shti 45 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg suyakli mol go‘shtining minimal narxi, Nukus sh. “Nukus dehqon bozori”, Urganch sh. “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent sh. “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”dagi arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida qayd etilgan (45 000 so‘m). Suyakli mol go‘shtining maksimal narxi esa, Nukus sh. “Nukus dehqon bozori”, Andijon sh. “Yangi bozor dehqon bozori”, Jizzax sh. “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Navoiy sh. “Saxovat” bozori, Samarqand sh. “Siyob dehqon bozori”, “Temiryo‘l dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”, Guliston sh. “Guliston dehqon bozori”, Yangiyo‘l sh. “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”, Urganch sh. “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent sh. “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da  kuzatildi (60 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 48 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (48 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da  (75 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Qarshi sh. “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Namangan sh. “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Chirchiq sh. “Chirchiq dehqon bozori”, Toshkent sh. “Qo‘yliq dehqon bozori”da sotuvdagi yirik bo‘lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2 500 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotuvdagi saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx  sifatida (6 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 800 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da  (800 so‘m)  ro‘yxatga  olindi. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (4 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Buxoro sh. “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Termiz sh. "Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori", Guliston sh. “Guliston dehqon bozori”, Farg‘ona sh. “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”, Urganch sh. “Urganch markaziy dehqon bozori”da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent sh. “Mirobod dehqon bozori”da sotuvdagi tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 so‘m) qayd etildi.

Tuxum 7 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”, Farg‘ona shahrining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da arzonlashtirilgan tuxum rastalaridagi mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi  (7 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (15 000 so‘m).

Guruch 5 000 so‘mdan 19 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus sh. “Nukus dehqon bozori”, Termiz sh. “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Toshkent sh. “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (“Nukus-2” navli guruch 5 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toshkent sh. “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 19 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 11 000 so‘mdan 17 600 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 11 000 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 17 600 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 800 so‘mdan 8 000 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (5 800 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori” va “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori” Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (8 000 so‘m) kuzatildi.


Maqola muallifi

Teglar

bozor statistika

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing