Bozorlarda ayrim turdagi mahsulotlar narxi ko‘tarildi
Jamiyat
−
27 may 2022
20982O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida kartoshka 2 500 – 8000 so‘mdan, Piyoz 2000 – 5000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Statqo‘m hududiy markaziy dehqon bozorlarida ayrim mahsulotlarning narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatuv natijalarini e’lon qildi.
Joriy yilning 25 may holatiga alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari:
• Suyakli mol go‘shti (1 kg) – 45 000 – 73 000 so‘m
• Qo‘y go‘shti (1 kg) – 55 000 – 86000 so‘m
• Kartoshka (1 kg) – 3000 – 8000 so‘m
• Piyoz (1 kg) – 2000 – 6000 so‘m
• Sabzi (1 kg) – 2000 – 7000 so‘m
• Tuxum (10 dona) – 6500 – 15 000 so‘m
• Guruch (1 kg) – 5000 – 21 000 so‘m
• O‘simlik yog‘i (1 l) – 15 400 – 28 000 so‘m
• Shakar (1 kg) – 9000 – 14 000 so‘m
O‘tgan haftadagi narxlar bilan solishtirganda kartoshka, piyoz, tuxum, guruch va o‘simlik yog‘i biroz qimmatlashgan.
Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.