Bozorlarda ayrim mahsulotlar narxi ko‘tarildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 iyul holatiga ko‘ra, hududiy markaziy dehqon bozorlarida suyakli mol go‘shti 45 mingdan 77 ming so‘mgacha sotildi. 1 kg qo‘y go‘shtining narxi esa 55 mingdan boshlanib, 89 minggacha chiqqan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Statqo‘mga ko‘ra, 1 kg piyoz 3 mingdan 7,5 ming so‘mgacha sotilgan bo‘lsa, kartoshka 2 mingdan 7 ming so‘mgacha sotilgan.

Sabzi 1,3 ming so‘mdan 6 ming so‘mgacha, guruch esa 5 ming so‘mdan 22 ming so‘mgacha aholiga sotilgan. 10 dona tuxumning narxi 7 mingdan 15 ming so‘mgacha yetgan.

O‘simlik yog‘i bozorlarda 1 litr yog‘ o‘rtacha 15,5 so‘mdan 30 ming so‘mgacha sotilgan. 1 kg shakar narxi esa 11 ming so‘mdan 18 ming so‘mgacha yetgan.

Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

narx-navo

Baholaganlar

1580

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing